Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana


Download 4.28 Mb.
bet204/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

286-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
Olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solish operatsiyalarini amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 242-moddasi.
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26 va 257-moddalari.
288-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir:
1) eksport qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
4) chet ellik sotib oluvchi (to‘lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko‘chirma.
Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning obyekti deb e’tirof etiladi.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi) qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling