Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 1-iyundan
- 41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi 290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
- 291-modda. Soliq davri Bir oy soliq davridir. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi. 292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
- 293-modda. Soliq to‘lash tartibi
- XII BO‘LIM. FOYDA SOLIG‘I 42-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi 294-modda. Soliq to‘lovchilar
2892-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang. Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
(2892-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 2893-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari Oldingi tahrirga qarang. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
(2893-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 3 va 5-bandlarida soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) belgilangan, va mazkur tovarlarni olib kirishda qo‘llanilmaydi. (2893-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq to‘lovchilari bo‘lib ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar e’tirof etiladi. (2893-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida belgilangan soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga qo‘llaniladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududiga shakar xomashyosini olib kirishga aksiz solig‘i solinmaydi. (2893-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. 41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi 290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas. 291-modda. Soliq davri Bir oy soliq davridir. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi. 292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi. 293-modda. Soliq to‘lash tartibi Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi. (293-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) XII BO‘LIM. FOYDA SOLIG‘I 42-bob. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi 294-modda. Soliq to‘lovchilar Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi); 2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu bo‘limda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi); 3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo‘limda norezidentlar deb yuritiladi); 4) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar; 5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajaradi. Ushbu Kodeksning 36-moddasi to‘qqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aylanmadan soliq to‘lovchi shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanmaydi. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling