Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan soliqni qaytarish tartibi


Download 4.28 Mb.
bet286/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

401-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan soliqni qaytarish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qo‘llanishi huquqiga ega bo‘lgan norezident jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan soliq ushlab qolingan va budjetga to‘langan taqdirda, bunday norezident ushbu Kodeksning 12-bobida nazarda tutilgan tartibda to‘langan soliqni qaytarib olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-bobi.
XIV BO‘LIM.
IJTIMOIY SOLIQ

58-bob. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
402-modda. Soliq to‘lovchilar
Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 408 va 409-moddalari.
403-modda. Soliq solish obyekti
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismi.
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling