Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
Download 4.28 Mb.
|
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
254-modda. Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qo‘shgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi: Oldingi tahrirga qarang. 1) tovarlarning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatini; (254-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 2) tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i va bojxona bojini. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari ushbu hududga olib kirilayotganda soliq bazasi bunday qayta ishlashning qiymati sifatida aniqlanadi. Soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bir nomdagi, turdagi va markadagi tovarlarning har bir guruhi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bir turkumi tarkibida bir vaqtning o‘zida ham aksiz to‘lanadigan, ham aksiz to‘lanmaydigan tovarlar mavjud bo‘lsa, soliq bazasi mazkur tovarlarning har bir guruhiga nisbatan alohida aniqlanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar turkumi tarkibida bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari mavjud bo‘lsa, soliq bazasi xuddi shunday tartibda aniqlanadi. 255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) soliq to‘lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni (xizmatlarni) aksizlar (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi. Soliq agentlari deb ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlarning (xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari e’tirof etiladi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan chet el yuridik shaxslari bilan hisob-kitoblarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki boshqa vositachilik shartnomalari asosida ishtirok etsa, bunday shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Mazkur hollarda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan bunday tovarlarning aksizlar (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi. Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga yoki O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga o‘xshash shartnomalar asosida elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu bo‘limning qoidalari hisobga olingan holda alohida aniqlanadi. Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq to‘lovchidan, u soliq to‘lovchi ekanligidan yoki soliq to‘lovchi emasligidan qat’i nazar, uni ushlab qolishi va budjetga o‘tkazishi shart. Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar bo‘yicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va budjetga o‘tkazishi shart. Ushbu moddaning qoidalari mazkur Kodeksning 243 — 245-moddalarida ko‘rsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘llanilmaydi. Ushbu moddaga muvofiq soliqning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq to‘langan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 243 — 245-moddalari. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling