Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish


Download 4.28 Mb.
bet183/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
3) bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;
4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda. Ushbu bandda nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq to‘lovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan bo‘lsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan bajarishni, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq to‘lashni nazarda tutishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 248-moddasi.
Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki ko‘paytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda ham amalga oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar ro‘y bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq bazasi xatolarni tuzatish natijasida o‘zgartirilgan taqdirda, shuningdek ilgari yozib berilgan hisobvaraq-fakturaga o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lganda ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunday holda ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi va uning o‘rniga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.
(257-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish kiritish amalga oshirilayotganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha hisobvaraq-faktura asosida ilgari o‘zi hisobga olish uchun qabul qilgan soliq summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi (ko‘paytiradi yoki kamaytiradi).

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling