Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri


Download 4.28 Mb.
bet184/341
Sana21.06.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1641381
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   341
Bog'liq
ЯНГИ СОЛИҚ КОД (1)

35-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri
258-modda. Soliq stavkalari
Agar ushbu Kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, 36-bobi.
259-modda. Soliq davri
Ushbu Kodeksning 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bir oy soliq davridir.
Oldingi tahrirga qarang.
(259-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
36-bob. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma
260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 264-moddasida belgilangan.
Nol darajali stavkani qo‘llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 261 — 263-moddalari.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling