Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);


2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni O‘zbekiston
Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan
bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi
qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi
bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi)
tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan
vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi) taqdim
etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga
qarab boshqa hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Soliq to‘lovchining amalga oshiriladigan faoliyat
turiga qarab nol soliq stavkasini qo‘llash huquqini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
ro‘yxati hamda ularni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
(261-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
260-moddasi
.
262-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling