3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi uchun —
talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish
xarajatlarining summasi o‘rtasidagi ijobiy farq.
Talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab qilish
huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning
birinchi
qismida
nazarda tutilgan talab qilish huquqidan o‘zganing
foydasiga voz kechish shartnomasiga ko‘ra olingan salbiy farq soliq to‘lovchining zarari deb
e’tirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.
301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini qoplash
tarzidagi daromad
Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini
qoplash tarzidagi
daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) joriy soliq davrida o‘rni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga bo‘lgan
huquqlardan o‘zganing foydasiga qayta voz kechish yo‘li bilan o‘rni qoplangan, oldin xarajatlar
jumlasiga kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb e’tirof etilgan talablarning summalari;
2) chiqimlarning (xarajatlarning) o‘rnini qoplash uchun O‘zbekiston
Respublikasi davlat
budjetidan olingan mablag‘larning summalari;
3) sug‘urta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘langan zararni
kompensatsiya
qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning
304-moddasida
ko‘rsatilgan
sug‘urta to‘lovlari mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
304-moddasi
.
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning o‘rnini qoplashdan olingan boshqa
kompensatsiyalar.
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan bo‘lsa, o‘sha hisobot (soliq)
davrining daromadi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: