Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

57-bob. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish
393-modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan
daromadlar
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari
bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq
solinmasa;


ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun
mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan
bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
ushbu Kodeks 385-moddasining 
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar
tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya
asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish
joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim
qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 
beshinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan
daromadlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga
aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda 
birinchi
va 
ikkinchi qismlarining
qoidalaridan
qat’i nazar, ushbu Kodeksning 
397-moddasida
nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami
yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling