Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

52-modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari
Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli
qog‘ozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin
ularni qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlarning


shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va (yoki) chet davlatlarning qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan qonunchiligida repo shartnomalariga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan
shartnoma REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladi. Bunda repo shartnomasining birinchi va
ikkinchi qismlari tegishincha REPOning birinchi va ikkinchi qismlari deb e’tirof etiladi.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Repo shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchi va repo shartnomasi bo‘yicha sotuvchi
tegishincha REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi
bo‘yicha sotuvchi deb e’tirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlar
REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak.
REPO operatsiyasining shartlari bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan kamida bittasini
nazarda tutishi mumkin:
1) REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismini bajarish
sanasiga qadar REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchiga REPOning birinchi qismi
bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki ular ayirboshlangan qimmatli qog‘ozlar o‘rniga
boshqa qimmatli qog‘ozlarni berish huquqi;
2) REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchining REPOning birinchi qismi bo‘yicha
sotuvchidan ushbu qismning 1-bandida ko‘rsatilgan o‘tkazishni talab qilish huquqi.
Ushbu Kodeks maqsadida REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning tegishli
qismi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan
muddatlari REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish sanalari hisoblanadi.
REPOning birinchi yoki ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va
ularga haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar turli sanalarda bajarilgan taqdirda, qimmatli
qog‘ozlarga haq to‘lash yoki ularni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan
eng kechrog‘i tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb
e’tirof etiladi.
REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini
qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham o‘zgartirilishi mumkin. REPOning
ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar
repo shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan bo‘lsa va agar
REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar
bajarilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida bajarilgan bo‘lsa, REPO operatsiyalari deb e’tirof etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring tashkiloti
orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning ikkinchi
qismi bajarilishi sanasining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining (birjaning)
yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday o‘zgartirilishi
ushbu modda maqsadida REPO muddatini o‘zgartirish deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chog‘ida aniqlanadi
va u qat’iy belgilangan yoki hisob-kitobli bo‘lishi mumkin.
REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini
berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Agar REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishga (sotib
olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida to‘liq yoki qisman
bajarilmasa va o‘zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili o‘tkazilmasa, REPOning ikkinchi
qismi, agar ushbu moddaning 
oltinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
lozim darajada bajarilmagan deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb
e’tirof etilmaydi:


1) REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini
bajarishning taraflar tomonidan kelishgan sanasidan e’tiboran o‘n kun ichida bajarish;
2) majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yo‘li bilan bajarish
(tugatish):
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) agar bunday talablar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet
davlatlarning 
qo‘llanilishi 
mumkin 
bo‘lgan 
qonunchiligiga 
muvofiq 
tasdiqlangan
shartnomalarning namunaviy shartlariga mos bo‘lgan bosh kelishuv (yagona shartnoma)
shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan bo‘lsa. Bunda muqobil talablarni
hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa;
(52-modda o‘n ikkinchi qismi 2-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
b) agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining
shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan bo‘lsa. Bunda muqobil talablarni
hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa.
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi soliq
solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim.
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq to‘lovchi tomonidan
quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qo‘yiladigan talablarga va (yoki) REPO
operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qo‘yiladigan talablarga rioya etilmaganda;
(52-modda o‘n to‘rtinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) repo shartnomasi bekor qilinganda;
3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda.
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash uchun
asos bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi.
REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta
tavsiflash chog‘idagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling