Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Moliyaviy ijara va lizing


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

54-modda. Moliyaviy ijara va lizing
Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) o‘n
ikki oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara
munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan
hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak:
1) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining
mulkiga o‘tkazilsa;
2) moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish
muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi
tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining kamida 20 foizini tashkil
etsa;
3) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini
moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qat’iy narx bo‘yicha haqini to‘lab olish huquqiga
ega bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara to‘lovlarining joriy
diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining
90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka
muvofiq aniqlanadi.


(54-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb e’tirof etilib, bunda bir
taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga ko‘ra uchinchi tarafdan
(sotuvchidan) lizing shartnomasi bo‘yicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi
hamda uni ushbu moddaning 
birinchi qismida
belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan
shartnoma bo‘yicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi.
Ushbu Kodeks maqsadi uchun moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi bo‘lgan
ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Lizing to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling