4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.
Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu
Kodeks maqsadida qishloq
xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.
58-modda. Notijorat tashkilotlar
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan,
quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot
deb e’tirof etiladi, agar:
(58-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.
LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Do'stlaringiz bilan baham: