Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

60-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi:
jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-
ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari,
buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi;
ijara (lizing) to‘lovi — ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing)
shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan to‘lanadigan summa;
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi — moliyaviy
ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) to‘lovi summasi va qiymati o‘rtasidagi farq;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Lizing to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal
to‘plagichlardagi fiskal ma’lumotlar yozib olinishi va saqlanishini ta’minlovchi, fiskal hujjatlarni
shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal ma’lumotlar operatori orqali
topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qo‘llash to‘g‘risidagi
qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qog‘ozda chop etilishini ta’minlovchi boshqa
qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
(60-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ortiqcha to‘langan soliq summasi (penya, jarima) — soliqning (penyaning, jarimaning)
to‘langan summasi bilan haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq.
Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha to‘langan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki)
soliq to‘lovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga
o‘tkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi;

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling