Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

1
1
1
2
3
3


Agar soliq to‘lovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib olingan
uglevodorod xomashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga
berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya
qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va
transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan
holda, ularni qayta ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi.
Bunda, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod
xomashyolariga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu
moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan
bo‘lsa, metallar va uglevodorod xomashyolarining ayrim turlari bo‘yicha ularni qayta ishlashdan
olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash
bilan bog‘liq xarajatlar kiritilishi mumkin.
Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, realizatsiya qilish uchun
yaroqli metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur va yetarli
bo‘lgan kapital hamda operatsion xarajatlar metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib
olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar deb e’tirof etiladi. Bunda kapital xarajatlar
(shu jumladan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni yaratish yoki olish, infratuzilmani
yaratish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun xarajatlar), agar ular yer qa’ri
uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun tegishli ruxsatnoma yoki
litsenziya olingan yer qa’ri uchastkasini (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastka deb
yuritiladi) o‘zlashtirishning texnologik shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu texnologik
shartlarda nazarda tutilgan tartibda va normativlar doirasida hisobga olinadi.
Ushbu bo‘lim maqsadida operatsion xarajatlar deganda hujjatlar bilan tasdiqlangan va
asoslantirilgan barcha xarajatlar tushuniladi, bunda ushbu xarajatlarni amalga oshirmay turib,
metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) va ularni birlamchi
qayta ishlashga doir ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz yoki qiyin bo‘ladi.
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kiradi:
1) zarur xomashyoni, materiallarni, issiqlik va boshqa energiya resurslarini sotib olishga;
2) inventarga, xo‘jalik buyumlariga, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk bo‘lmagan boshqa
mol-mulkka;
3) soliq to‘lovchining texnologik, transportga oid, boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga
sarflanadigan yoqilg‘i, energiyaning barcha turlari, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
energiyaning barcha turlarini ishlab chiqish, shu jumladan soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan
ishlab chiqish, shuningdek energiyani transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari;
4) litsenziyalar uchun haq va ijara to‘lovlarini to‘lashga;
5) ushbu Kodeksning 
371 — 374-moddalarida
nazarda tutilgan xodimlar (shu jumladan
chet el tashkilotlarining jalb etilgan xodimlari) mehnatiga haq to‘lashga;
6) qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarga;
7) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) operatsiyalari
doirasida to‘langan soliqlar va yig‘imlarga haq to‘lashga;
8) chetdan jalb qilingan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va
xizmatlarga haq to‘lashga.
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi:
1) amortizatsiyaga, shu jumladan investitsion chegirmaga (obyektning tugatish qiymati
chegirilgan holda);
2) marketing va reklama tadbirlariga;
3) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki shunga o‘xshash boshqa
organi) a’zolari, ma’muriy xodimlar va maslahatchilar mehnatiga haq to‘lashga;
5) soliq to‘lovchining aybi bilan yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishga;
6) xodimlarning malakasini oshirishga, mobil aloqa va internetga;


7) zaxiralarni tashkil etishga va sug‘urta qilishning ixtiyoriy turlariga;
8) moliyaviy faoliyat bo‘yicha foizlarni yoki boshqa xarajatlarni, shu jumladan kapital
xarajatlar qiymatiga kiritilgan foizlarni to‘lashga.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod xomashyolarini
qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida
mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, kapital va operatsion
xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ro‘yxatini to‘ldirishga haqli.
Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish
(ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan,
shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar
tarzidagi, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi
daromadlar va xarajatlar hisobga olinmaydi.
Renta daromadini aniqlash chog‘ida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan
xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta
daromadiga kiritiladi.
Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib
olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan
renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 
80-moddasi
talablariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning
birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi
shart.
Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod
xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyat, agar unda ko‘rsatilgan litsenziyalangan
uchastkalarni o‘zlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki uglevodorod xomashyosini
qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash uchun yagona texnologik
loyiha nazarda tutilgan bo‘lsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga oshirilayotgan
faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastkalar guruhi
deb yuritiladi). Bunda soliq to‘lovchi har bir litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan
metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni bitta
uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish to‘g‘risidagi qarorni unda
litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qo‘shimcha shartlari va tartibini belgilashga haqli.
Qarorda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxati unga qo‘shimcha uchastkalarni kiritish
hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.
Soliq to‘lovchi ushbu moddaning 
o‘n ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qarorda
ko‘rsatilgan, ilgari ro‘yxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni
(metallarni yoki uglevodorod xomashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan
foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani
(litsenziyani) qaytargan, undan o‘zganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda,
bunday uchastka ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan
daromadlar esa uning renta daromadini oshiradi.
Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida
hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi
litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) bo‘lsa, o‘sha litsenziyalangan uchastka
bilan bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa,
bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi.
Soliq to‘lovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan metallarni
yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya)
olgan kundan e’tiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari bo‘yicha mustaqil ravishda
aniqlaydi.
Renta daromadini aniqlash chog‘ida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 
454 -moddasida
nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
4


Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy bo‘lib qolsa, ushbu moddaning 
birinchi
qismida
 ko‘rsatilgan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi ijobiy farq renta zarari deb e’tirof etiladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling