XIX BO‘LIM.
YIG‘IMLAR
Oldingi
tahrirga qarang.
65-bob. Yig‘imlar
(65-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
455-modda. Yig‘imlarning turlari
Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi
va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im;
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im;
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish
uchun yig‘im.
(455-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti
to‘g‘risida”gi Qonuni
15-ilovasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
(455 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga
asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
456-modda. Soliq to‘lovchilar
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu
vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun
yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish
korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli
davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar
alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof
etiladi.
(456-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |