Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 454 -modda. Soliq solish obyekti
- 454 -modda. Renta daromadi
XVIII BO‘LIM.
FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UChUN MAXSUS RENTA SOLIG‘I 64 -bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash 454 -modda. Soliq to‘lovchilar Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo‘limda metallar deb yuritiladi) kiradi. Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xomashyosi jumlasiga kiradi. Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchi hisoblanmaydi. 454 -modda. Soliq solish obyekti Ushbu Kodeksning 454 -moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan (ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir. 454 -modda. Renta daromadi Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 176-moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga qo‘shimcha qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq renta daromadi deb e’tirof etiladi. Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlashdan, rudani boyitishdan) o‘tgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi. 1 Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling