Soliq to‘lovchilar
soliqni ushbu Kodeksning
451
va
451 -moddalariga
muvofiq
aniqlangan
soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan
kelib chiqqan holda,
mustaqil ravishda hisoblab
chiqaradi.
Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq
summasi soliq bazasidan va
belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan
kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin
soliq
hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha esa —
qazib olish amalga
oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun
bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan
kechiktirmay.
Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: