Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


XX BO‘LIM. AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

XX BO‘LIM.
AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ
66-bob. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
461-modda. Soliq to‘lovchilar
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq
to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir
milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu
bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million
so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni)
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
2) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni
kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma
besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
1


(461-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
5) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy
shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
7) bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi
tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining
mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda
belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital
ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo
shoxobchalariga;
10) bozorlarga va savdo komplekslariga;
(461-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuniga 
asosan 9 va 10-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11) soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
12) auditorlik tashkilotlariga;
13) notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
(461-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga 
asosan 11, 12 va 13-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling