Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 
4-bandida
ko‘rsatilgan asos bo‘yicha
soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi
manfaatdor shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning ko‘char va ko‘chmas mulki (bundan
qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno) to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ilova qilinadi.
(101-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 
5-bandida
ko‘rsatilgan asos bo‘yicha
soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor
shaxsning arizasiga ushbu shaxs tomonidan tuzilgan, mazkur shaxsning umumiy
daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdan olingan daromadlarining
ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar va faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi
to‘g‘risida nizomga ilova tasdiqlangan Mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar va faoliyat turlari
ro‘yxati
.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 
3 -bandida
ko‘rsatilgan asoslar mavjud
bo‘lgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati
beriladi. Bunda ushbu qismda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadigan soliq summasi oxirgi uch
yil davomida to‘langan soliqlar summasining ellik foizidan oshmasligi kerak.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi
manfaatdor shaxsning arizasida ushbu shaxs mazkur bobga muvofiq qarz summasiga
hisoblangan foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Vakolatli organning talabiga ko‘ra, manfaatdor shaxs garov predmeti bo‘lishi mumkin
bo‘lgan mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank kafolatini taqdim etadi.
Vakolatli organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha ushbu shaxs tomonidan
qarz summasining to‘lanishini vaqtinchalik (ariza ko‘rib chiqiladigan davrda) to‘xtatib turish
to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Bunday qarorning ko‘chirma nusxasi manfaatdor shaxs
tomonidan o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran
besh kunlik muddatda taqdim etiladi.
Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish yoxud uni
berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsning arizasi
olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi.
Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi
qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) qarz summasi;
2) kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilayotgan soliq;
3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi hamda muddatlari.
Tegishli hollarda soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish
to‘g‘risidagi qarorda garov predmeti bo‘lgan mol-mulk to‘g‘risidagi hujjatlar, kafillik xati yoki
bank kafolati ko‘rsatilishi kerak.
Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi
qaror ushbu qarorda belgilangan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Bunda soliqni to‘lash uchun
belgilangan kundan e’tiboran ushbu qaror kuchga kiradigan kunga qadar bo‘lgan butun vaqt
uchun tegishli penyalar, agar to‘lovning ko‘rsatilgan muddati ushbu qaror kuchga kiradigan
kundan oldin bo‘lsa, qarz summasiga kiritiladi.
Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mol-mulk garovi evaziga
beriladigan bo‘lsa, uni berish to‘g‘risidagi qaror faqat ushbu Kodeksning 
107-moddasida
 nazarda
tutilgan tartibda mol-mulk garovi to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
107-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad etish
to‘g‘risidagi qaror asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Agar soliq to‘lovchi tomonidan yuborilgan
xabarnoma ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 
3 -bandida
nazarda tutilgan
asoslarga muvofiq bo‘lmasa, soliq organi uch kundan kechiktirmay soliq to‘lovchiga soliqlarni
to‘lash bo‘yicha kechiktirish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
(101-moddaning o‘n to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad
etish to‘g‘risidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat
qilishi mumkin.
(101-moddaning o‘n to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1
2


Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi
qarorning ko‘chirma nusxasi vakolatli organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi
to‘g‘risida 
nizom
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling