Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq bazasiga mustaqil ravishda tuzatish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

177-modda. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq bazasiga mustaqil ravishda tuzatish
kiritish
Agar transfert narxning belgilanishi ushbu Kodeksning 176-moddasi 
yettinchi qismida
ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta soliqning (bo‘nak va joriy to‘lovining) summalari kamaytirilishiga
yoki zarar summasining ko‘paytirilishiga olib kelgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq bazasiga va (yoki)
tegishli soliqlarning (zararning) summasiga mustaqil ravishda tuzatishlar kiritishni amalga
oshirishga haqli. Bunday tuzatish kiritish summalariga tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliqlar
bo‘yicha soliq davrini (soliq davrlarini) o‘z ichiga oluvchi kalendar yil o‘tgach amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi qaysi bitimga nisbatan soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga mustaqil
ravishda tuzatish kiritgan bo‘lsa, o‘sha bitimni identifikatsiya qilish imkonini beradigan
ma’lumotlar tegishli aniqlashtirilgan soliq hisobotiga ilova qilinadigan tushuntirishlarda
ko‘rsatiladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan tuzatishlar kiritish:
1) yuridik shaxslar tomonidan — foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish uchun
belgilangan muddatlarda;
2) jismoniy shaxslar tomonidan — jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risida
deklaratsiyani topshirish muddatlarida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismiga
muvofiq amalga oshirilgan tuzatish kiritish
natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan to‘lanmagan soliqlar
summasi tegishli soliq davri uchun foyda solig‘ini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ini) to‘lash sanasidan kechiktirilmagan muddatda to‘lanishi kerak. Bunda taqdim etilgan
aniqlashtirilgan hisobot bo‘yicha soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan to mazkur
moddasining 
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan muddat tugaguniga qadar bo‘lgan davr uchun
to‘lanmagan soliqlar summasiga penyalar hisoblanmaydi.
Kalendar yil ichida tugaydigan soliq davrlarining (hisobot davrlarining) yakunlari bo‘yicha
soliqlarni (bo‘nak va joriy to‘lovlarni) hisoblab chiqarishda soliq to‘lovchi bitimlarning haqiqiy
narxlaridan foydalanishga haqli.


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
176-moddasi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling