Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Bozor narxlari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

178-modda. Bozor narxlari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
Ushbu Kodeks maqsadida, agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, bitimlarning narxlari, ushbu bitimlar taraflarining daromadlari va xarajatlari quyidagi
hollarda bozor narxlari deb e’tirof etiladi:
1) mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitimlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatning qonunchiligiga
muvofiq o‘tkazilgan birja savdolarining natijalariga ko‘ra tuzilgan bitimlar;
(178-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmalariga muvofiq (tartibga solinadigan narxlar
qo‘llaniladigan bitimlar uchun ushbu Kodeksning 
179-moddasida
nazarda tutilgan o‘ziga xos
xususiyatlar inobatga olingan holda) narxlari belgilangan bitimlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
179-moddasi
.
4) narxlari ushbu Kodeksning 
25-bobida
nazarda tutilgan narxni belgilash to‘g‘risidagi
kelishuviga muvofiq belgilangan bitimlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
25-bobi
.
Nazorat qilinadigan bitimlarda bitimning narxi, agar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi tomonidan buning aksi isbotlanmagan bo‘lsa yoki soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning
177-moddasiga
muvofiq soliq (zarar) summalariga mustaqil tuzatish kiritishni amalga
oshirmagan bo‘lsa, bozor narxi deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
177-moddasi
.
Agar ushbu Kodeksning Maxsus qismida soliq solish maqsadida ayrim soliqlarni hisoblab
chiqarish va to‘lash masalalari bo‘yicha tovarning (xizmatning) narxini yoki bitim taraflarining
daromadlarini (xarajatlarini) aniqlashning boshqacha qoidalari belgilangan bo‘lsa, ushbu
Kodeksning Maxsus qismi qoidalari qo‘llaniladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling