67-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga
soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
471-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik
shaxslarga soliq solish shartlari
Oldingi
tahrirga qarang.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va
qonunchilikda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan
yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
nazarda tutiladi.
(471-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
472-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi
61, 2016-24, 121-sonli qarori bilan tasdiqlangan To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi
korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ro‘yxat raqami 2822, 2016-yil 26-
avgust)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo‘lgan
jismoniy
shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Ushbu
moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy
chet el
investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
(471-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: