Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

472-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik
shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi
Ushbu Kodeksning 
471-moddasida
nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar
bajarilgan taqdirda qo‘llaniladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) yuridik shaxslar qonunchilikda belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;
(472-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) chet ellik investorlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari
O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
3) yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi
kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz bo‘lganda;
4) chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik
asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
5) ushbu Kodeksning 
471-moddasida
nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi
natijasida ularning qo‘llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yo‘naltirilganda.
Ushbu Kodeksning 
471-moddasida
nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat
o‘tganidan keyin bir yil o‘tmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning
foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq
imtiyozlari summalarining o‘rni budjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.


Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu
Kodeksning 
471-moddasida
nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy
chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan davr
uchun soliqlar ushbu Kodeksning 
VIII bo‘limida
nazarda tutilgan penyalar qo‘llanilgan holda,
umumbelgilangan tartibda to‘lanadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling