Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lashning
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
470 -modda. Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lashning
o‘ziga xos xususiyatlari Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi. Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli. Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga soliq davri mobaynida o‘tilgan taqdirda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani o‘n ikkiga bo‘lish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar soliq davri davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq to‘lovchining jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshsa, u holda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish ro‘y bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi. Soliq davri davomida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni to‘lashga o‘tish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda to‘lanadi. Soliq to‘lovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etishga va o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467- moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashga o‘tishga haqli. Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi. Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi mazkur soliq bo‘yicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi. Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi. Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda to‘laydi. (470 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling