Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


 -bob. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

71 -bob. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos
xususiyatlari
480 -modda. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 
480 -moddasida
belgilangan maxsus soliq stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida
tartibi belgilanishi mumkin.
Soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari
quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara
mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot
mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi.
480 -modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalarini
qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda
belgilanadi:
1) foyda solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim
hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan
faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida
qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i har chorakda yigirma besh ming so‘m miqdorida to‘lanadi;
3) ijtimoiy soliq bo‘yicha:
yuridik shaxslar uchun (bundan budjet tashkilotlari mustasno) — 1 foiz. Mazkur soliq
stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga
oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondiga nisbatan qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari
miqdorida;
4) aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq to‘lovchilarga
nisbatan ular tushumining O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga
oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga
va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv resurslariga nisbatan
mazkur Kodeksning 
415

422

429

437 
va 
445-moddalarida
belgilangan mol-mulk solig‘i, yer
solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
(71 -bob O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-
yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling