Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-bob. Advokatlar hay’atlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

70-bob. Advokatlar hay’atlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va
advokatlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
477-modda. Advokatlarga soliq solish
Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat
tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi
bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
bojxona to‘lovlari;
ijtimoiy soliq;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(477-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.
Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik
faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) soliqlar va
yig‘imlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
478-modda. Advokatlar daromadlariga soliq solish
Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar
summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur
Kodeksning 
XIII bo‘limida
 belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solish
obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun olingan
summa bilan advokatlar hay’atlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish
uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy
to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling