Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
03/21/714/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang. “Hunarmand” uyushmasining a’zolariga berilgan soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining a’zolari bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-martga qadar bo‘lgan davr uchun tatbiq etiladi. Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya asbob- uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. (483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son — 483-moddaning sakkizinchi qismi 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi) Oldingi tahrirga qarang. 2021-yilning 10-oktabridan 2022-yil 30-aprelga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. (483-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son — 2022-yil 1- maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.) Oldingi tahrirga qarang. 2021-yil 1-sentabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi. Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 2023- yil 1-yanvarga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi. (483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — 483-modda o‘ninchi qismining qoidalari 2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.) Oldingi tahrirga qarang. Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasini to‘lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi. LexUZ sharhi Ushbu qismning qoidalari 2021-yil 1-iyuldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling