Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet381/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

 LexUZ sharhi
483-moddaning o‘ttiz birinchi — o‘ttiz uchinchi qismlari 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga
kiritiladi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi
talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga
qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:
bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari
hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni
tashkil etsa;
poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni
eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.
Belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va
buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflov materiallarini
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar
bo‘lgan davrda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
483-modda o‘ttiz to‘rtinchi va o‘ttiz beshinchi qismlarining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran
yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarning reyestriga kiritilgan hududlarda
xodimlarining umumiy soni 10 nafardan kam bo‘lmagan hamda u erda mehnat faoliyatini
amalga oshiruvchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash
fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan kichik tadbirkorlik subyektlari o‘zida mehnat faoliyatini
amalga oshiruvchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy soliqni
2022-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi
bo‘yicha to‘laydi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli 
Qonuniga 
asosan
yigirmanchi — o‘ttiz oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-
y., 03/22/785/0679-son — ushbu moddaning o‘ttiz oltinchi qismi 2022-yil 1-sentabrdan e’tiboran amalga
kiritiladi.)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq
to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur
faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy
soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar
bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan
ijtimoiy soliq mustasno.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘ttiz yettinchi va o‘ttiz sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur
hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan yirik soliq to‘lovchilar,
doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida)
davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav
kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz
miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) 2023-yil 1-
yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, yuridik shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga
nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa
yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘laydi.
Agar soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘ttiz to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan soliq
imtiyozlari bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir
huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga qo‘ra eng qulay soliq imtiyozini
tanlashga haqli.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling