Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
LexUZ sharhi
483-modda yigirma to‘rtinchi qismining qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda: aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi; ushbu hududlarda joylashgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida to‘laydi. Tumanlar va shaharlar turizm zonalari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy bosh boshqarmalarining xulosalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda: O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi; O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi; O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi. Tadbirkorlik subyektlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi. LexUZ sharhi 483-modda yigirma beshinchi — yigirma sakkizinchi qismlarining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025- yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi. Ushbu moddaning yigirma to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning umumiy hajmida baliq yetishtirish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 90 foizdan ortiqni tashkil etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Charm, mo‘yna xomashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1- yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ushbu faoliyati bo‘yicha foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi. Ushbu moddaning o‘ttiz birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi: chorva mollarni so‘yishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslar bilan jihozlangan soliq to‘lovchilarga; hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosini va junni yig‘ish hamda tayyorlash, ularni qayta ishlash (foydalanish) uchun keyinchalik sotish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 80 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga; hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xomashyosini va junni qayta ishlash, shuningdek butlovchi buyumlarni, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin, sun’iy charm, poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotini va jundan ishlangan buyumlarni ishlab chiqarishdan olingan daromadining ulushi 60 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga. Chorva mollarni so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega bo‘lgan, shuningdek terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1- yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling