Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda tijorat
banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning,
shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish
imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad
tarkibiga kiritilmaydi.
2020-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish
xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy
bo‘linmalari, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi mas’uliyati


cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek “O‘zaeronavigatsiya markazi”
davlat unitar korxonasi:
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer
solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan
oshmaydigan, elektron hisob-fakturalarni qo‘llovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq to‘lovchilari
qo‘shilgan qiymat solig‘ini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning 
37-bobida
belgilangan
tartibda hisoblab chiqarishga va to‘lashga haqli;
3) foyda solig‘ini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami
daromad tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining 
to‘rtinchi qismida
 ko‘rsatilgan daromadlar
kiritilmaydi;
4) qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va
ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda to‘lashni ushbu Kodeksning 
392
va 
408-moddalarida
ko‘rsatilgan, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini majburiy tarzda to‘xtatib turgan soliq
to‘lovchilarga nisbatan to‘xtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq
to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning
vaqtinchalik to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar
bu haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga o‘xshash tartibda
xabardor qilishi shart;
5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin obyektlarini
qurish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi
hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini va
aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
6) ushbu Kodeks 415-moddasining 
uchinchi qismida
, 422-moddasining 
oltinchi qismida
,
429-moddasining 
to‘qqizinchi qismida
 va 437-moddasining 
to‘rtinchi qismida
nazarda tutilgan,
shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida
belgilangan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular
bo‘yicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qo‘llanmaydi.
(72-bob O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 1-dekabrdagi O‘RQ-652-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2020-y., 03/20/652/1581-son — 2020-yil 1-
martdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat
solig‘idan ozod qilinadi:

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling