Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
ham tatbiq etiladi.
Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu hududlarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) 2021-yil 10-sentabrdan 2024- yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. LexUZ sharhi Ushbu qismning qoidalari 2021-yil 10-sentabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan tog‘li hududlarning hamda yer maydonlari sho‘rlangan hududlarning ro‘yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar ozod qilinadi. Bunda zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik ho‘jaliklarining ro‘yxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Ushbu qismning qoidalari 2020-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. (483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son) Oldingi tahrirga qarang. 2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari: foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. LexUZ sharhi 483-modda o‘n oltinchi qismining qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi. (483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi, o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son — o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlarning qoidalari 2022-yil 1- fevraldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.) Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling