Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

(483-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi
O‘RQ-767-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-
son — 2022-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)
O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek
soya danagini olib kirish;
o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish
bo‘yicha aylanma.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-689-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 2020-yil 31-dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini
majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari
ko‘rilmaydi:
faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan
tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;


2020-yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar
tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yil 15-maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik
korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan
jarimalar bo‘yicha.
2021-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida
mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari
bo‘yicha to‘laydi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer
solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Quyidagilar mol-mulk solig‘ini, yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan,
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy
belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har
bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga
oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar
bo‘lgan muddatga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida
joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-
yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan
soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi
45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil
1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan
ham ozod qilinadi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y.,

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling