Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Oldingi
 tahrirga qarang.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha
imtiyozlarning 2020-yil 1-yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktabrga qadar
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular
tomonidan kiritilgan, 2020-yil 1-yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan
e’tiboran 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga to‘liq qo‘llaniladi. Ushbu qismning qoidalari
ushbu Kodeks 473-moddasining 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha
imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-iyuldagi O‘RQ-783-sonli 
Qonuniga
 asosan o‘n
to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 03/22/783/0620-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport
vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik
xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya
xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik
subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz
miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning 
yigirmanchi qismida
nazarda tutilgan imtiyoz, agar belgilangan
faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari
bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilsa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan
tatbiq etiladi. Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal
qilishi bekor qilinadi.
 LexUZ sharhi
483-modda yigirmanchi va yigirma birinchi qismlarining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran
yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalari bo‘ylab joylashgan, uy-joy uchun
mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari ushbu moddaning 
yigirmanchi qismida 
belgilangan
xizmatlar turlarini ko‘rsatish uchun yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk toifasiga
o‘tkazilgan taqdirda, 2024-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan
olinadigan mol-mulk solig‘ini hamda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini uy-joyga
mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalari
uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Mahallalararo 
savdo-xizmat 
ko‘rsatish 
ko‘chalarining 
ro‘yxati 
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.


Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda
maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona
(joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga
haqli:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer
solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda 2027-yil 1-
yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar
egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan
e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;
foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini
amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling