Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

57-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning
o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti
bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini,
shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan
mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami
daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lsa.
Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan
(hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:
1) qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;
2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;
3) ipakchilik mahsulotlari;


4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.
Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq
xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.
58-modda. Notijorat tashkilotlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan,
quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot
deb e’tirof etiladi, agar:
(58-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling