Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


ortiqcha undirilgan soliq summasi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari
natijasida ortiqcha to‘langan soliq summasi;
tan olingan soliq qarzi — soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma berilgan sanadan
boshlab o‘n kalendar kun ichida soliq to‘lovchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarz yoki sud
qarori bilan tasdiqlangan qarz;
xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi — soliq (penya, jarima) summasini
to‘lagan shaxsni va (yoki) ushbu to‘lovning maqsadini qat’iy aniqlash imkoniyatini bermaydigan
to‘lov chog‘ida xatolikka yo‘l qo‘yilgan soliq (penya, jarima) summasi. Qaysi soliqqa (penyaga,
jarimaga) nisbatan uni to‘lagan shaxs soliq to‘lovchi deb hisoblanmaydigan shaxsdan yoki
to‘lanishi lozim bo‘lgan budjetdan boshqa budjetga kelib tushgan soliq (penya, jarima) summasi
ham xatolik bilan to‘langan deb e’tirof etiladi;
umidsiz qarz — sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoxud bankrotlik,
tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli to‘lanishi mumkin bo‘lmagan
qarz.
5-bob. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
61-modda. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
Soliq to‘lovchilarning xo‘jalik faoliyati bo‘yicha jami moliyaviy natijasini hisobga olgan holda
foyda solig‘ini (bundan buyon matnda soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
bo‘yicha foyda solig‘i deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va to‘lash maqsadida, ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan tartib hamda shartlarda tegishli shartnoma asosidagi ixtiyoriy birlashmasi soliq
to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risida tuzilgan
amaldagi shartnomaning tarafi bo‘lgan va ushbu Kodeksda bunday guruh ishtirokchilari uchun
nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiradigan yuridik shaxs soliq to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi
shartnomaga muvofiq zimmasiga soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha


foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash majburiyati yuklatilgan ishtirokchi soliq to‘lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi deb e’tirof etiladi.
Ko‘rsatilgan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashga oid huquqiy munosabatlarda, foyda
solig‘ini to‘lovchilar kabi, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi
shunday huquqlarni amalga oshiradi va majburiyatlarni zimmasiga oladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksga va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq
tuzilgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi
shartnoma soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjatdir.
(61-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling