Umumiy qoidalar 1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati


-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar


Download 127.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana21.04.2023
Hajmi127.75 Kb.
#1370263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
913 XII сон 02 09 1993  Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida

6-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan
vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‘zga tartib belgilanmagan bo‘lsa.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar
hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran
kuchga kiradi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat,
tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga
muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga
oshiriladi.
II BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSI
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi
mulk shakllari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi
faoliyatining iqtisodiy asosini ma’muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk)
hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat
qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq
O‘zbekiston Respublikasi mulkida bo‘lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va
ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish,
atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga
oshiradilar. Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasiga ko‘ra yaroqsiz deb
topilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish
huquqiga ega.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Viloyat, tuman, shahar mulkini, shuningdek viloyat, tuman va shaharga xo‘jalik yuritish
uchun berilgan davlat mulki obyektlarini boshqarish tartibi ushbu Qonun, O‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan yo‘lga solinadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o‘zlari
idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyatini
erkin yuritishga to‘sqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.

Download 127.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling