Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish tartibi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

33-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish tartibi

Jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishini  chaqiruvchi  organ  yoki  shaxslar  uni

o‘tkazishdan  kamida  o‘ttiz  kun  oldin  bu  haqda  jamiyatning  har  bir  ishtirokchisini  jamiyat

ishtirokchilarining ro‘yxatida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning

ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.

Xabarnomada  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  o‘tkaziladigan  vaqt  va  joy,

shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi ko‘rsatilishi kerak.

Jamiyatning  istalgan  ishtirokchisi  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  kun

tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida uni o‘tkazishdan kamida o‘n besh kun oldin

takliflar kiritishga haqlidir. Qo‘shimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining

vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy

yig‘ilishining kun tartibiga kiritiladi.

Jamiyat ishtiroqchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar jamiyat

ishtiroqchilari  umumiy  yig‘ilishining  kun  tartibiga  kiritish  uchun  taklif  qilingan  qo‘shimcha

masalalar ta’rifiga o‘zgartirish kiritishga haqli emaslar.

Agar  jamiyat  ishtirokchilarining  taklifiga  binoan  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy

yig‘ilishining 

dastlabki 

kun 

tartibiga 



o‘zgartishlar 

kiritiladigan 

bo‘lsa, 

jamiyat


ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishini  chaqiruvchi  organ  yoki  shaxslar  umumiy  yig‘ilish

o‘tkaziladigan  kundan  kamida  o‘n  kun  oldin  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatilgan

usulda  kun  tartibiga  kiritilgan  o‘zgartishlar  haqida  jamiyatning  barcha  ishtirokchilarini

xabardor qilishlari shart.

Jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishiga  tayyorgarlik  ko‘rish  chog‘ida  jamiyat

ishtirokchilariga  taqdim  etilishi  lozim  bo‘lgan  axborot  va  materiallar  jumlasiga  quyidagilar

kiradi:

jamiyatning yillik hisoboti;

jamiyatning  yillik  hisobotlari  va  yillik  buxgalteriya  balanslarini  tekshirish  natijalari

bo‘yicha jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosasi;

moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilangan

talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi;

jamiyatning  ijro  etuvchi  organlariga,  jamiyatning  kuzatuv  kengashiga  va  jamiyatning

taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa axborot (materiallar).

Agar  jamiyat  ustavida  jamiyatning  ishtirokchilarini  axborot  va  materiallar  bilan

tanishtirishning  boshqacha  tartibi  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  jamiyat  ishtirokchilarining

umumiy  yig‘ilishini  chaqiruvchi  organ  yoki  shaxslar  ularga  axborot  va  materiallarni  jamiyat

ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishini  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  xabarnoma  bilan  birgalikda

yuborishi shart, kun tartibi o‘zgartirilgan taqdirda, tegishli axborot va materiallar ana shunday

o‘zgartish  to‘g‘risidagi  xabarnoma  bilan  birgalikda  yuboriladi.  Ko‘rsatilgan  axborot  va

materiallar  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  o‘tkazilishidan  oldin  o‘ttiz  kun

mobaynida  jamiyat  ijro  etuvchi  organining  binosida  tanishish  uchun  jamiyatning  barcha

ishtirokchilariga  taqdim  etilishi  kerak.  Jamiyatning  ustavida  ushbu  moddada  ko‘rsatib

o‘tilganidan qisqaroq muddatlar nazarda tutilishi mumkin.



Jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishini  chaqirishning  ushbu  moddada

belgilangan  tartibi  buzilgan  taqdirda,  agar  bunday  umumiy  yig‘ilishda  jamiyatning  barcha

ishtirokchilari ishtirok etayotgan bo‘lsa, u vakolatli deb e’tirof etiladi.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling