Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

30-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu

Qonunga muvofiq belgilanadi.

Jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  mutlaq  vakolatlari  jumlasiga  quyidagilar

kiradi:

jamiyat 


faoliyatining 

asosiy 


yo‘nalishlarini 

belgilash, 

shuningdek 

tijorat


tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o‘zgartirish;

ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;

jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari

tugatish;

jamiyatning  taftish  komissiyasini  (taftishchisini)  saylash  va  uning  vakolatlarini

muddatidan ilgari tugatish;

agar  jamiyatning  ustavida  kuzatuv  kengashini  tuzish  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  uni

saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;

jamiyatning  sof  foydasini  jamiyat  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlash  to‘g‘risida  qaror

qabul qilish;

jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);

Oldingi tahrirga qarang.

(30-modda  ikkinchi  qismi  o‘n  birinchi  xatboshi  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  23-iyuldagi

O‘RQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)

auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish,  auditorlik  tashkilotlari

hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini aniqlash;

boshqa  yuridik  shaxslarni,  vakolatxonalar  va  filiallarni  tuzish  to‘g‘risida  qaror  qabul

qilish;

jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;



Oldingi tahrirga qarang.

tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;



(30-modda  ikkinchi  qismining  o‘n  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil

14dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.

Jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  mutlaq  vakolatlari  jumlasiga  kiritilgan

masalalar,  ushbu  Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarni  istisno  etganda,  uning  tomonidan

jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal

etishi uchun topshirilishi mumkin emas.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling