Jamiyat obligatsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarishga va
joylashtirishga haqli.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuniga asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
IV BOB. JAMIYATDA BOShQARUV
29-modda. Jamiyatning boshqaruv organlari
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi
hisoblanadi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro
etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan amalga
oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga va,
agar tuzilishi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga
hisobdordir.
Do'stlaringiz bilan baham: