27-modda. Jamiyatning zaxira fondi
Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav fondining (ustav kapitalining)
o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin.
Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili
sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori
jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga
yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning zaxira fondi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda uning zararlarini
qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni
(ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuniga muvofiq
chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |