Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga
saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga
oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik
asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy
yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi sifatida faqat jismoniy shaxs
ish yuritishi mumkin.
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga
nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi;
ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining faoliyati va uning
tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek jamiyat va
uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs
o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: