46-modda. Jamiyatning auditorlik tekshiruvi
Moliya hisobotlari to‘g‘riligini, buxgalteriya hisobini yuritish tartibining belgilangan
talablarga muvofiqligini tekshirish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining
qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-
son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari
miqdoridan ko‘p bo‘lgan jamiyatlar mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan
o‘tkaziladigan har yilgi auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart.
1
1
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y.,
03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni bilan
chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |