Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

48-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash

Jamiyat, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, quyidagi

hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart:

jamiyatning ta’sis hujjatlari, shuningdek jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan hamda

belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar;

jamiyat  muassislari  yig‘ilishining  jamiyatni  tashkil  etish  va  jamiyatning  ustav  fondiga

(ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni,

shuningdek  jamiyatni  tashkil  etish  bilan  bog‘liq  boshqa  qarorlarni  o‘z  ichiga  olgan

bayonnomasi;

jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;

jamiyatning o‘z balansida turgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to‘g‘risidagi nizomlar;



Oldingi tahrirga qarang.

(48-modda  birinchi  qismi  yettinchi  xatboshi  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  23-iyuldagi

O‘RQ-104-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)

jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning

kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;

jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Jamiyat  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda  tutilgan  hujjatlarni  o‘zining  ijro

etuvchi  organi  joylashgan  yerda  yoki  jamiyat  ishtirokchilariga  ma’lum  bo‘lgan  va  ular  uchun

qulay bo‘lgan boshqa joyda saqlaydi.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling