Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


VI BOB. JAMIYATNING FAOLIYATI USTIDAN NAZORAT QILISh


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

VI BOB. JAMIYATNING FAOLIYATI USTIDAN NAZORAT QILISh

45-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)

Jamiyatning  ustavida  jamiyatning  taftish  komissiyasini  tuzish  (taftishchisini  saylash)

nazarda  tutilishi  mumkin.  O‘n  besh  nafardan  ortiq  ishtirokchisi  bo‘lgan  jamiyatlarda

jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) shart. Jamiyatning ishtirokchisi

bo‘lmagan shaxs ham jamiyat taftish komissiyasining a’zosi (taftishchisi) bo‘lishi mumkin.

Agar  jamiyatning  ustavida  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  jamiyatning  taftish  komissiyasi

(taftishchisi) vazifasini jamiyat bilan, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari bilan, jamiyatning

yakkaboshchilik  asosidagi  ijro  etuvchi  organi  vazifasini  bajaruvchi  shaxs  bilan,  jamiyatning




kollegial  ijro  etuvchi  organi  a’zolari  va  jamiyatning  ishtirokchilari  bilan  mulkiy  manfaatlar

bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.

Jamiyat  kuzatuv  kengashining  a’zolari,  jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijro

etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi

a’zolari jamiyat taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi) bo‘lishlari mumkin emas.

Jamiyatning  taftish  komissiyasi  (taftishchisi)  jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishi

tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.

Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.

Jamiyatning 

moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyatini 

tekshirish 

taftish 

komissiyasining

tashabbusiga, ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat

ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining jami kamida o‘ndan bir qismiga ega bo‘lgan jamiyat

ishtirokchilarining talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga ko‘ra

amalga oshiriladi.

Jamiyat  taftish  komissiyasining  (taftishchisining)  talabiga  binoan  jamiyat  kuzatuv

kengashining  a’zolari,  jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijro  etuvchi  organi  vazifasini

amalga  oshiruvchi  shaxs,  jamiyatning  kollegial  ijro  etuvchi  organi  a’zolari,  shuningdek

jamiyatning xodimlari og‘zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishlari shart.

Jamiyatning  taftish  komissiyasi  (taftishchisi)  jamiyatning  yillik  hisobotlarini  va

buxgalteriya balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanguniga

qadar majburiy tartibda tekshirishdan o‘tkazadi.

Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan

belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling