Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Download 215.63 Kb. Pdf ko'rish
|
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
53-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari to‘g‘risida, yangi jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil etish to‘g‘risida va bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyat ishtirokchilari tarkibining o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlari aniqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni va ajratib chiqarish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan boshqa o‘zgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat bo‘lgan taqdirda o‘zga masalalarni, shu jumladan jamiyatning organlarini saylash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini imzolaydilar. Ajratib chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi uning ustavini tasdiqlaydi va jamiyatning organlarini saylaydi. Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil etilayotgan jamiyat bo‘lsa, uning umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ustavini va bo‘lish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning organlarini saylaydi. Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi. Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi Bo‘lish balansini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 51-moddasida belgilangan. Download 215.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling