Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatni tugatish


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

55-modda. Jamiyatni tugatish

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat  ushbu  Qonun  va  jamiyat  ustavi  talablari  hisobga  olingan  holda  belgilangan

tartibda  ixtiyoriy  ravishda  tugatilishi  mumkin.  Jamiyat  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan

asoslarga ko‘ra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.



(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa

shaxslarga o‘tmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat  ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  jamiyatni  ixtiyoriy  ravishda  tugatish

hamda  tugatuvchini  tayinlash  to‘g‘risidagi  qarori  jamiyat  kuzatuv  kengashining,  ijro  etuvchi

organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.



(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni

tugatish va yuridik shaxslarni tugatuvchini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

(55-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  14-dekabrdagi  O‘RQ-127-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha

vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.

(55-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  14-dekabrdagi  O‘RQ-127-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organning  qaroriga  ko‘ra  jamiyatni  tugatish  ushbu  jamiyat

moliya-xo‘jalik  faoliyati  amalga  oshirilmaganligi  sababli  belgilangan  tartibda  harakatsiz

rejimga  o‘tkazilgan  paytdan  e’tiboran  uch  yil  ichida  uning  faoliyati  tiklanmagan  taqdirda

amalga  oshiriladi.  Bunda  tugatuvchi  tayinlanmaydi,  bundan  ushbu  moddaning  yettinchi

qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.



(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga  asosan

oltinchi  qism  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  12.12.2019-y.,

03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)


Oldingi tahrirga qarang.

Ustav  fondida  (ustav  kapitalida)  davlat  ulushi  bo‘lgan  jamiyatni  tugatishda  tugatish

komissiyasi  tayinlanadi  va  uning  tarkibiga  davlat  mulkini  boshqaruvchi  organning  vakili

kiritiladi.



(55-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)

Jamiyatni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  53-moddasi  va

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  21-avgustdagi  704-sonli  “Tadbirkorlik

subyektlarini  ixtiyoriy  tugatish  va  ularning  faoliyatini  to‘xtatish  tartibi  hamda  Moliya-xo‘jalik  faoliyatini

amalga  oshirmayotgan  tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  reyestridan  chiqarish  tartibi  to‘g‘risidagi

nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorigaqarang.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling