Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

50-modda. Jamiyatlarni qo‘shib yuborish

O‘z  faoliyatini  tugatgan  ikki  yoki  bir  necha  jamiyatning  barcha  huquqlari  va

majburiyatlarini  o‘tkazish  yo‘li  bilan  yangi  jamiyatni  tashkil  etish  jamiyatlarning  qo‘shib

yuborilishi deb e’tirof etiladi.

Qo‘shib  yuborish  shaklidagi  qayta  tashkil  etishda  ishtirok  etuvchi  har  bir  jamiyat

ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  ana  shunday  qayta  tashkil  etish  to‘g‘risida,  qo‘shib

yuborish  shartnomasini  va  qo‘shib  yuborish  natijasida  tuzilayotgan  jamiyatning  ustavini

tasdiqlash  to‘g‘risida,  shuningdek  topshirish  dalolatnomasini  tasdiqlash  to‘g‘risida  qarorlar

qabul qiladi.

Qo‘shib  yuborish  natijasida  tashkil  etilayotgan  jamiyatning  barcha  ishtirokchilari

tomonidan  imzolangan  qo‘shib  yuborish  to‘g‘risidagi  shartnoma  ustav  bilan  birgalikda  uning

ta’sis  hujjati  hisoblanadi  hamda  u  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi  va  ushbu

Qonun bilan ta’sis shartnomasiga qo‘yiladigan barcha talablarga mos bo‘lishi kerak.

Qo‘shib  yuborish  shaklida  qayta  tashkil  etishda  ishtirok  etuvchi  har  bir  jamiyat

ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ana shunday qayta tashkil etish to‘g‘risida va

qo‘shib  yuborish  shartnomasini,  qo‘shib  yuborish  natijasida  tashkil  etilayotgan  jamiyatning

ustavini  va  topshirish  dalolatnomasini  tasdiqlash  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilingan  taqdirda,

qo‘shib  yuborish  natijasida  tashkil  etilayotgan  jamiyatning  ijro  etuvchi  organlarini  saylash

qo‘shib  yuborishda  ishtirok  etayotgan  jamiyatlar  ishtirokchilarining  qo‘shma  umumiy

yig‘ilishida amalga oshiriladi. Bunday umumiy yig‘ilishni o‘tkazish muddatlari va tartibi qo‘shib

yuborish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.

Jamiyatlar  qo‘shib  yuborilganda  ulardan  har  birining  barcha  huquqlari  va

majburiyatlari topshirish dalolatnomalariga muvofiq qo‘shib yuborish natijasida tashkil etilgan

jamiyatga o‘tadi.



 LexUZ sharhi

Topshirish  dalolatnomalarini  tasdiqlash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining

51-moddasida belgilangan.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling