Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatni birlashtirish


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

51-modda. Jamiyatni birlashtirish

Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga

o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb e’tirof etiladi.

Birlashtirish  shaklida  qayta  tashkil  etishda  ishtirok  etuvchi  har  bir  jamiyat

ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  bunday  qayta  tashkil  etish  to‘g‘risida,  birlashtirish

to‘g‘risidagi  shartnomani  tasdiqlash  haqida  qaror  qabul  qiladi,  birlashtirilayotgan  jamiyat

ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi esa, topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida ham

qaror qabul qiladi.

Birlashtirishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qo‘shma umumiy yig‘ilishi

birlashtirilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyatning ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishi,

ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan bog‘liq o‘zgartishlarni, birlashtirish to‘g‘risidagi

shartnomada  nazarda  tutilgan  boshqa  o‘zgartishlarni  kiritadi,  shuningdek  zarurat  bo‘lganda

boshqa  masalalarni,  shu  jumladan  birlashtirilayotgan  jamiyatning  organlarini  saylash

to‘g‘risidagi  masalalarni  hal  etadi.  Bunday  umumiy  yig‘ilishni  o‘tkazish  muddatlari  va  tartibi

birlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.

Bir  jamiyat  boshqasiga  birlashtirilganda  topshirish  dalolatnomasiga  muvofiq

birlashtirilayotgan  jamiyatning  barcha  huquqlari  va  majburiyatlari  birlashtirib  olayotgan

jamiyatga o‘tadi.




 LexUZ sharhi

Topshirish  dalolatnomalarini  tasdiqlash  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining

51-moddasida belgilangan.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling