Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatni boshqarish organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

41-modda. Jamiyatni boshqarish organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari,

jamiyatning  ustavi  talablari  buzilgan  holda  qabul  qilingan  hamda  jamiyat  ishtirokchilarining

huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  buzadigan  qarori  ovoz  berishda  ishtirok  etmagan  yoki

bahsli  qarorga  qarshi  ovoz  bergan  jamiyat  ishtirokchisining  arizasiga  ko‘ra  sud  tomonidan

haqiqiy  emas  deb  topilishi  mumkin.  Bunday  ariza  jamiyat  ishtirokchisi  qabul  qilingan  qaror

to‘g‘risida  bilgan  yoki  bilishi  lozim  bo‘lgan  kundan  e’tiboran  ikki  oy  ichida  berilishi  mumkin.

Agar  jamiyat  ishtirokchisi  shikoyatga  sabab  bo‘lgan  qarorni  qabul  qilgan  jamiyat

ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul

qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.

Sud  ishning  barcha  holatlarini  hisobga  olgan  holda,  agar  ariza  bergan  jamiyat

ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va (yoki)

yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga

zarar yetkazmagan bo‘lsa, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni o‘z kuchida qoldirishga haqlidir.

Jamiyat  kuzatuv  kengashining,  jamiyat  yakkaboshchilik  asosidagi  ijro  etuvchi

organining,  jamiyat  kollegial  ijro  etuvchi  organining  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonun

hujjatlarining,  jamiyat  ustavi  talablari  buzilgan  holda  qabul  qilingan  hamda  jamiyat

ishtirokchisining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  buzadigan  qarori  jamiyat  ana  shu

ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling