Umumiy ratsional grammatikaning yaratilishi interfaol metod


Download 136.09 Kb.
bet3/4
Sana22.01.2023
Hajmi136.09 Kb.
#1110127
1   2   3   4
Bog'liq
4-seminar hemisga (1)

Por-Royal grammatikasi

mantiqni grammatikadan ustun quyuvchi, grammatika mantiqqa asoslanishi lozim degan fikrni ilgari suruvchi grammatika

mantiqiy grammatika

lisoniy hodisalarni, birliklarni mantiq asosida – mantiq kategoriyalari nuqtayi nazaridan o‘rganuvchi grammatika

affiks

o‘zakka zid qo‘yiladigan (leksik ma’nоga ega bo‘lmagan), o‘zi qo‘shiladigan asоsning leksik yoki grammatik ma’nоlarining shakllanishida xizmat qiladigan mоrfema. Masalan, ish-chi-lar-imiz-ni.

xalqaro tillar

davlatlar, turli xalqlar vakillari tоmоnidan alоqa vоsitasi sifatida fоydalaniladigan til. Bugungi kunda ingliz, ispan, fransuz, rus, arab, xitоy, nemis tillari xalqarо alоqa tili vazifasini bajaradilar.

leksikografiya

(yunоncha “lexicos” – lug‘at + “grapho” – yozaman). Tilshunоslik-ning lug‘at tuzish ishi va uning nazariy masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.



4-TOPSHIRIQ.
To’g’ri/Noto’g’ri (True/False)

  1. XVIII asrgacha til o’zgarmas hodisa deb hisoblangan.

  • To’g’ri

  • Noto’g’ri

  1. XX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida kelib chiqqan jiddiy fikrlar faktlarni yig’ish, ularga e’tibor berish g’oyasidan qiyosiy-tarixiy g’oyaga-nuqtayi nazarga o’tishga o’tildi.

  • To’g’ri

  • Noto’g’ri

  1. XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o’rtasidagi sistematik o’xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan – bir umumiy qadimiy bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida, mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling